🏠 Bosh sahifa 📚 Barcha kitoblar
Ikki eshik orasi

Ikki eshik orasi

📅 Yili
🏢 Nashriyot
Ilm -ziyo-zakovat
📄 Sahifalar
528
🔖 ISBN
978-9943-5975-1-8
🌐 Til
lotin
«Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi - to‘rt enlik», degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi - to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon... Maqsad - shu. Bu kitobdagi ko‘p odamlami o‘zim ko'rganman. Ko'plari bilan gaplashganman. Ba’zilarining o‘zi bilan, ba’zilarining... ruhi bilan... Ba’zilari nimani gapirgan bo'lsa, shuni qog'ozga tushirdim. Ba’zilari nima gapirganini emas, nima o'ylaganini yozishga majbur bo'ldim. (Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg'on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o‘ylaydi.) Xullas, bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilaming boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish - sizlarga havola... Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam bo'lmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda foje ko'payibroq ketmadimikin, degan xayolga borarsiz. Nachora, aw alo hayot - nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o'yin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan yigirma millioni bizning odamlar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilaming joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim naridagi odamlami ham sinovdan o'tkazdi. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga o ‘mak bo'lsa ne ajab!
📖 Kitobni ochish